Rang sayt: A A A A

Mijozlar banklarda quyidagi turdagi hisobvaraqlarni ochishlari mumkin:

a) talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari;

b) jamg‘arma depozit hisobvaraqlari;

v) muddatli depozit hisobvaraqlari;

d) boshqa depozit hisobvaraqlari.

 

 Bankda hisobvaraqlarni ochish tartibi:

Tadbirkorlik faoliyati subyektlari bo‘lgan rezident yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda dehqon xo‘jaliklari tomonidan milliy valyutada talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari ochish uchun bankka quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:

a) hisobvaraq ochish to‘g‘risida ariza;

b) imzolar namunalari qo‘yilgan ikki dona varaqcha;

v) mijoz nomidan pul-hisob-kitob hujjatlarini imzolash vakolatiga ega shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjati (pasport yoki uni o‘rnini bosadigan hujjat). Shaxsni tasdiqlovchi hujjatdan nusxa olinib, asli qaytarib beriladi.

Tadbirkorlik faoliyati subyekti bo‘lmagan rezident yuridik shaxslar hamda Budjetdan mablag‘ oluvchilar tomonidan milliy valyutada talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari ochish uchun bankka quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:

a) hisobvaraq ochish to‘g‘risida ariza;

v) imzolar namunalari va muhr izi qo‘yilgan ikki dona varaqcha.

g) tadbirkorlik faoliyati subyekti bo‘lmagan rezident yuridik shaxslar tomonidan ta’sis hujjatlari (ta’sis shartnomasi, ustav) hamda ularga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar, shuningdek yuridik shaxs nomidan pul-hisob-kitob hujjatlarini imzolash vakolatiga ega shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjati (pasport yoki uni o‘rnini bosadigan hujjat). Ushbu hujjatlardan nusxa olinib, asli qaytarib beriladi;

d) davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yilganligini tasdiqlovchi hujjat (ma’lumotnoma).

Mijozlar tomonidan hisobvaraqlar ochish uchun bankka belgilingan hujjatlar taqdim qilingan so‘ng, mijoz bilan “Bank hisobvarag’i shartnomasi” rasmiylashtirilib, bankda o‘sha kunni o‘zida yoki keyingi ish kunidan kechiktirmasdan hisobvaraqlar ochiladi.

 Masofadan turib hisobvaraqlar ochish tartibi:

Ta’sischilari O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslarga hamda yakka tartibdagi tadbirkorlarga ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonida milliy va chet el valyutasidagi bank hisobvaraqlarini masofadan turib ochishlari mumkin. Buning uchun ariza beruvchilarni masofadan turib identifikatsiya qilish uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlar mavjud bo‘lishi lozim.

Bank hisobvarag‘ini ochish tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimida joylashtirilgan bank hisobvarag‘i shartnoma ofertasini akseptlash yo‘li bilan amalga oshiriladi.

Mazkur yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan bankka imzolar namunalari qo‘yilgan ikki dona varaqcha hamda ular nomidan pul-hisob-kitob hujjatlarini imzolash vakolatiga ega shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjati (pasport yoki uni o‘rnini bosadigan hujjat) taqdim etilgandan so‘ng, ularga to‘lovlarni amalga oshirishga ruxsat beriladi. Shaxsni tasdiqlovchi hujjatdan nusxa olinib, asli qaytarib beriladi.

   03/02/2020

Chop qilish PDF ni yuklash
O`zbekiston
Respublikasining
Hukumat portali
O`zbekiston Respublikasi
Markaziy banki
  1. Siz ATB "Qishloq qurilish bank" tomonidan xizmat ko'rsatish sifatini qanday baholaysiz?
    1. A'lo
      1018 (40%)
    2. Qoniqarsiz
      750 (30%)
    3. Xizmatlardan kelajakda foydalanaman
      297 (12%)
    4. Yaxshi
      264 (10%)
    5. O'rta
      207 (8%)
Valyutalar kursi 13.07.2020
Valyuta Xarid Sotish MB
1 USD 10 190,00 10 250,00 10 184.43
1 EUR 11 000,00 12 000,00 11 455.78
1 GBP 12 000,00 13 000,00 12 713,60
1 JPY 80,00 110,00 94.74
1 CHF 10 400,00 11 400,00 10 769.51
1 RUB 110,00 160,00 142.48
Kalkulyatorlar Bank xizmatlari tariflari